Antropogenez
Antropogenez (ot) (yunoncha ʻʻantroposʼʼ — odam, ʻʻgenezisʼʼ — rivojlanish)odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni. Bu jarayon toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Darvin, Geksli va Gegellar inson oliy darajada taraqqiy etgan odamsimon maymunlardan kelib chiqqan deb hisoblagan. Zamonaviy fan antropogenez jarayonining ijtimoiy mehnat nazariyasini tasdiqlamoqda.
Insonning paydo boʻlishi va rivojlanishi jarayoni (antropogenez) bir necha bosqichlarga boʻlinadi. Antropogenez jarayonining birinchi bosqichi Avtralopitek va Zinjantrop odamlar yashagan davr hisoblanib, bu ibtidoiy odam turlari taxminan 3–2 mln yil ilgari yashagan. Odam taraqqiyotining ikkinchi bosqichi Pitekantrop va Sinantroplar davridir. Ular bundan 1 mln–800 ming yil ilgari yashagan.

Avstralopitek, Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop odamlari fanda arxantroplar (eng qadimgi odamlar) deb yuritiladi. Arxantroplarga mansub odam izlari Oʻzbekistondan ham topilgan boʻlib (Sulungʻur gʻori), fanda u Fergantrop (Fargʻona odami) deb yuritiladi. Antropogenez jarayonining uchinchi bosqichi Neandertal odamlariga toʻgʻri kelib, ular bundan 100–40 ming yil muqaddam yashagan.