Glossariyga qaytish
Animizm
Animizm (ot) (lotincha ʻʻanimaʼʼ — ruh, jon) — insonni oʻrab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish, goʻyo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdagi olam, buyumlar va hodisalarga, ularning oʻzgarishlariga taʼsir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash. Animistik tasavvurlar ibtidoiy davr odamlarida bundan taxminan 40–35-ming yil avval paydo boʻla boshlagan. Ibtidoiy kishilar, oʻsimliklarning joni bor deb tushunishgan. Ruh esa egalaridan ajralgan holda ham mavjud boʻlib, u har qanday narsalarga taʼsir koʻrsatadi. Animizm tushunchasini birinchi boʻlib fanga nemis olimi Shtal 1708-yil kiritgan.