Glossariyga qaytish
Anarxiya
Anarxiya (ot) (yunoncha “anarchia” — boshliqsiz, hokimiyatsiz) — bir yoki bir necha shaxslar guruhining hokimiyatga boʻysunmasligi natijasida kelib chiqadigan tartibsizlik. Sobiq Shoʻrolar davlatida 80-yillarning oxirida ijtimoiy-siyosiy inqiroz natijasida xuddi shunga oʻxshash hokimiyatsizlik va boshboshdoqlik vujudga kelgan edi. 1989-yil iyul oyidan L. A. Karimov Oʻzbekiston rahbari etib tayinlangach, jamiyatimizdagi ana shu illatlarga asta-sekin barham berila boshladi.