Orqaga
Glossariyga qaytish

Amudaryo boʻlimi

Amudaryo boʻlimi — Rossiya imperiyasi tomonidan 1873-yilda Xiva xonligi boʻysundirilib, Gandimiyon shartnomasi imzolangach, 1874-yilda Xiva xoni faoliyatini nazorat qilib turish uchun tuzilgan boʻlim. Amudaryo boʻlimining qarorgohi Petro aleksandrovskda (hozirgi Toʻrtkoʻl) joylashgan. Rossiya va Turkiston general-gubernatorligi bilan Xiva xonligi oʻrtasidagi munosabatlar shu yerdan turib boshqarilgan. Amudaryo boʻlimi 1917-yilga qadar faoliyatkoʻrsatgan.