Glossariyga qaytish
Amnistiya
Amnistiya (ot) (yunoncha “amnestia” — unutish, kechirish) — jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan toʻliq yoki qisman jazodan ozod qilish. Shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni oʻtab boʻlgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, yaʼni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.