Orqaga
Glossariyga qaytish

Amir

Amir (ot) — 1. islomga qadar arablarda qabila boshligʻi, harbiy boshliq. Keyinchalik Arab xalifaligiga boʻysundirilgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokim, qoʻshin qoʻmondoni va yirik lashkarboshilar;
2. moʻgʻullar istilosidan soʻng Oltin Oʻrdada, keyin Oʻrta Osiyo va Eronda moʻgʻul va turk qabilalari birlashmasi — ulus boshligʻining unvoni;
3. Sohibqiron Amir Temurning unvoni;
4. hozirda arab podsholarining oʻgʻillariga beriladigan unvon (masalan, Saudiya Arabistonida);
5. Makkaga ziyorat uchun boruvchi katta guruh hojilarining yoʻlboshchisi. Astrobod (ot) — Jurjon (Gurgon) ning kattaligi jihatidan ikkinchi yirik shahri. Kaspiy dengizining janubi-sharqiy tarafida, Mozandaron chegarasida joylashgan.