Orqaga
Glossariyga qaytish

Amin

Amin (ot) (arabcha ishonchli, halol) — 1) Muhammad alayhissalomga paygʻambarlik vahiyi kelmasidan avval nihoyatda halol, rostgoʻy boʻlgani uchun u zotga xalq tomonidan berilgan laqab; 2) Amir Temur va temuriylar davrida davlat devoni tomonidan tayinlanadigan, asosan moliya va qishloq xoʻjaligi ishlarini boshqarish bilan shugʻullanuvchi amaldor; 3) Buxoro amirligida amlokdorlarga, Turkiston general-gubernatorligida esa boʻlis (volost) boshligʻiga boʻysunuvchi amaldor. Qishloq oqsoqoli. Aminning asosiy vazifasi aholidan oʻlpon va soliq yigʻish, aholi ustidan nazorat qilish, suv taqsimlash boʻlgan; 4) xonliklar davrida bozorda sotuvchilardan soliq undiruvchi mansabdor.