Orqaga
Glossariyga qaytish

Alternativ saylov

Alternativ saylov (ot) (lotincha “alterare” — ikkitasidan bittasi) — muqobil saylov. Bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan ikkita nomzoddan birini tanlash. Alternativlik hamma sohalarda: siyosatda, iqtisodiyotda, ijtimoiy hayotda va boshqa tarmoqlarda uchraydi. Bir-birini inkor qiluvchi ikki imkoniyatdan birining tanlanishi, ayniqsa, siyosatda yaqqol koʻrinadi. Oʻzbekiston izchil demokratik qoidalarga sodiq davlat sifatida oʻz siyosiy hayotida barcha saylovlar alternativ(muqobillik) asosida oʻtishi tarafdori ekanini namoyish qilmoqda. Bu demokratik qoida, birinchi marotaba, keng miqyosda 1991-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentini saylash jarayonida amalga oshirildi.