Glossariyga qaytish
Akinak
Akinak (ot) — 30–40 sm keladigan xanjar. Qadimda (miloddan avvalgi I ming yillik) koʻchmanchi sak-massaget va skif qabilalarida qoʻl jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. U belbogʻga osib qoʻyilgan. Yurganda va otga minganda xalaqit bermasligi uchun pastki uchi yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bogʻlab qoʻyilgan.