Orqaga
Glossariyga qaytish

Ahmoniylar

Ahamoniylar (ot) — miloddan avvalgi 558–330-yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri–VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshligʻi, oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahamon asos solgan. Kir II (556–530) va Doro I (522–486) davrida Oʻrta Osiyo hududlari ham ahamoniylar sulolasiga boʻysundirilgan. Ahamoniylar saltanatiga makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (356–323) miloddan avvalgi 330-yilda barham beradi. Ahamoniylar sulolasining vakillari: Kir II (558–530), Kambiz (530–522), Doro I (522–486), Kserks I (486–465), Artakserks I (465–424), Kserks II (424), Sogdian (424–423), Doro II (423-404), Artakserks II (404–358), Artakserks III (358–338), Arses (338–336), Doro III (336–330).