Glossariyga qaytish
Agressiya
Agressiya (ot) (lotincha “agressio” — hujum) — bir davlatning ikkinchi davlat suvereniteti va chegara daxlsizligini noqonuniy ravishda buzib, uning hududiga bostirib kirishi. Agressiya aksariyat hollarda qurolli harakat tarzida uyushtiriladi. Bir davlatning ikkinchi davlatga qurolli hujumi tinchlik va xavfsizlikka qarshi eng ogʻir xalqaro jinoyatchilik hisoblanadi.