Glossariyga qaytish
Advokatura
Advokatura (ot) (lotincha “advokatus” yordamga chaqirmoq) — huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi qonuni 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan.