Abbosiylar
Abbosiylar (ot) — Arab xalifalari sulolasi boʻlib, bu sulolaga paygʻambar Muhammadning (570–632) amakivachchasi Abul Abbos as-Saffoh (749–754) asos solgan. Abbosiylar sulolasi 5 asr, yaʼni 749-yildan 1258-yilgacha hukm surgan. Xalifa al-Mansur (754–775) xalifalik poytaxtini Damashqdan Bogʻdodga koʻchirgan. Shuning uchun ham tarixiy adabiyotlarda Bogʻdod xalifaligi deb ham yuritiladi. Movarounnahr yerlari ham xalifalikka boʻysungan. Somoniylar davridan boshlab (874–999) Movarounnahr mustaqillikka erishib, xalifalik tarkibidan chiqqan. Abbosiylardan 38 kishi xalifa boʻlgan. Oxirgi xalifa Mustasimni (1242–1258) Chingizxonning nevarasi Xulaguxon 1258-yilda Bogʻdodni egallab, taxtdan tushirgan. Abbosiylardan boʻlgan eng mashhur xalifalar: Abulabbos Saffoh (750–754), Mansur (754–775), Mahdiy (775–785), Xorun ar-Rashid (785–809), Amin (809–813), Maʼmun (813–833), Mustasim (1242–1258).