Orqaga

669 marta koʻrilgan

XV asr

XV asrda Oʻzbek xalqi adabiyoti

O’rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog’onaga ko’tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko’plab nodir badiiy va lirik asarlar yaratildi. O’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek hamda tojik adabiyoti o’rtasida o’zaro aloqa va hamkorlik kengaydi va mustahkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy bog’langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi. Durbek tomonidan qayta ishlangan «Yusuf va Zulayho» dostoni, toshkentlik shoir Atoyining devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davrda o’zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366–1465) alohida o’rin tutadi. Navoiyga qadar o’zbek sheriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo’lmagan. U birgina turkiy tilda asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi.