1
Ulashish
700 marta koʻrilgan
XV asr
XV asrda Oʻrta Osiyoda tasviriy san’at
XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish va u bilan bog’liq bo’lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etdi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va nusxalarini ko’paytirish og’ir mehnat va ko’p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo’lgan. Har bir kitob qog’ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo’yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo’lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo’lishi lozim edi. Mohir xattotlar o’z usuli va uslubini shogirdlariga o’rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.