2
Ulashish
677 marta koʻrilgan
XV asr
XV asrda Oʻrta Osiyoda aniq fanlarning rivojlanishi
XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug’bekning hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug’bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullandi. Olimlarning munozalarida qatnashdi. Ulug’bek ajdodlari Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rgandi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi.