© 2023

Xorvatlarning hozirgi hududlariga kirishi
VII asr boshi

Xorvatlarning hozirgi hududlariga kirishi

Miloddan avvalgi II—I asrlarda rimliklar zamonaviy Bosniyaga bostirib kirganida, yerlik aholi asosan illiriya qabilalariga mansub edi. Zamonaviy Bosniyaning katta qismi Rimning Dalmatsiya viloyati tarkibiga kirgan. IV—V asrlar mobaynida Rim qoʻshinlari bu hududda bosqinchi gotlar tomonidan ogʻir talafotlar koʻrdi. Nihoyat VI asr boshida Vizantiya imperatori Yustinian I gotlarni Bolqon boʻyidan quvib chiqarganida, Bosniya hududi shartli ravishda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi.
Slavyanlar bu hududga VI asrda joylasha boshlagan. VII asrda slavyanlarning ikkinchi toʻlqini ikki qudratli qabila — serblar va xorvatlarni oʻz ichiga olgandi. Xorvatlar katta ehtimol bilan markaziy, gʻarbiy hamda shimoliy Bosniyaning katta qismini egallagan boʻlishi mumkin, serblar esa Drina daryosi vodiysi hamda hozirgi Gersegovina hududlarini qamrab olgan edi. “Serb” va “xorvat” soʻzlari oʻsha davrda qabila belgisini anglatgan, keyinchalik serb yoki xorvat siyosiy tuzilmasi aholisiga nisbatan ushbu soʻzlar qoʻllangan. Zamonaviy maʼnodagi etnik yoki milliy birlikka oid qoʻshimcha maʼnolarga esa ancha keyin ega boʻlgan.