“Oʻn olti qirollik” atamasi 303-yildan boshlab, qisqa muddat davomida butun Shimoliy Xitoy va uning baʼzi qismlarini boshqargan, xitoylik boʻlmagan sulolalarni bildiradi. Ular orasida koʻplab etnik guruhlar, shu jumladan, turklarning ajdodlari (masalan xunlar va jiyelar), moʻgʻullar (xianbei) va tibetliklar (di va qiang) ham boʻlgan. Nisbatan kam sonli koʻchmanchi xalqlarning aksariyati hokimiyatga kelishidan ancha avval maʼlum darajada xitoylashgan edi. Ularning baʼzilari, xususan, qiang va xunlarga Xan davridan beri Buyuk devor atrofidagi chegara hududlarida yashashga ruxsat berilgan.
Shu tariqa varvar hukmdorlari yarimxitoylashgan davlatlar tuzdi. Bu davlatchilikda faqat harbiy aristokratiya va qurolli kuchlarning yadrosi begona madaniyatga mansub edi. Ular maʼmuriy masalalarda tajribaga ega boʻlmagani va qabilaviy institutlari yirik agrar jamiyatni boshqarishdek murakkab vazifaga moslashmagani sababli anʼanaviy Xitoy boshqaruv usullaridan foydalanishga toʻgʻri keldi.
Shu bilan birga oʻsha paytlarda Xitoy tuprogʻida ajnabiy hukmdorlar to'qnash kelgan dilemmaga — bir tomondan oʻzining etnik oʻziga xosligini (herrenvolk – faqat bir etnik guruhning yakkahokimlik mavqeyini) saqlab qolish zarurati, boshqa tomondan hukmronlik qilish uchun Xitoy ziyolilari hamda taniqli Xitoy oilalari aʼzolaridan foydalanishning amaliy zaruratiga duch keldi.
Turlicha va qiziqarli tajribalarga qaramay, ushbu qisqa muddatli imperiyalarning aksariyati bu bosimga dosh bera olmadi. Shunisi eʼtiborga molikki, butun Shimoliy Xitoyni birlashtira olgan va ancha mustahkam hokimiyatga ega boʻlgan yagona —Tuoba yoki Bei (Shimoliy) Vey (386—534/535) sulolasi bir asr ichida sezilarli darajada xitoylashtirildi. V asrning oxirida sud hatto tuoba tili, kiyinishi, urf-odatlari va familiyalardan foydalanishni taqiqladi. Ushbu ongli akkulturatsiya siyosati Bey Vey poytaxtining shimoliy chegara mintaqasidan Luoyang qadimiy imperatorlik qarorgohiga oʻtishi bilan yanada ramziylashtirildi.