Tan imperatorlari daosizmni laotszidan kelib chiqqanini taʼkidlab, bu dinni rasman qoʻllab-quvvatlaydi. Broq buddaviylik koʻp davrlar mobaynida katta muruvvat va imperatorning oliyhimmat homiyligidan bahramand boʻlishda davom etdi. 629-yilda Hindistonga borgan va 645-yilda qaytib kelgan mashhur ziyoratchi Syuan Szan Xitoy rohiblarining eng bilimdoni boʻlgan va sanskrit tilidan qilgan tarjimarida aniqlikning yangi meʼyorlarini joriy etgan. Oʻsha davr uchun eng muhim taraqqiyot buddaviylikni xitoycha gʻoyalarga moslashtirgan yangi mahalliy maktablarning oʻsishi boʻlgan. Ulardan eng mashhuri sinkret Tenday maktabi boʻlib, boshqa barcha maktablarni (hatto konfutsiylikni ham), shuningdek, daosizmda mustahkam ildizga ega, yozma manbaga keskin qarshi antimetafizik janubiy Chan (Zen) maktabini ham yagona iyerarxik tizimga qamrab olishga intilgan edi. Najotkor “Sok yer” mazhabining mashhur targʻiboti ham muhim oʻrin tutgan. An Lushan qoʻzgʻolonidan soʻng konfutsiylikni yoqlovchi milliy harakat paydo boʻldi, harakat Tenday buddaviyligi va klassik taʼlimotning buddist metafizikasini birlashtirish hamda Song davrining neokonfutsiychiligiga zamin yaratish uchun birlashgan edi.