Fors davlati Parfiya hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 247-yildan milodiy 224-yilgacha) Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi ipak savdosi markaziga aylandi. Ipak boʻyash va toʻqish Suriya, Misr, Gretsiya va Rimda hunarmandchilik turi sifatida rivojlandi. Bu hududlardagi ishchilar biroz miqdorda Sharqiy Osiyoning ipak xomashyosidan foydalangan, lekin ularning katta qismini Sharqdan ipak matolarini yigirish orqali olgan. Ipakchilik madaniyati qaysidir maʼnoda Osiyoning siri boʻlib qolavergan.
Oqibatda Oʻrta dengiz hududida mahalliy ipak xomashyosini ishlab chiqarishga kuchli talab paydo boʻldi. 527—565-yillardagi Vizantiya imperatori Yustinian I Xitoyda yashagan ikki fors rohibini u yerga qaytib, Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ga bambuk tanasi boʻshliqlarida yetishtiriladigan ipak qurtlarini olib kelishga koʻndirgan (taxminan 550-yilda). Oʻsha bir necha chidamli ipak qurtlari qariyb XIX asrgacha Yevropa ipakchiligini toʻldirgan va taʼminlagan barcha ipak navlarining ibtidosini boshlab bergan edi.