Orqaga

45 marta koʻrilgan

1878–1968

Usmon Xoʻja

Usmonxo’ja Po’latxo’jayev — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, taniqli davlat va jamoat arbobi, Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) raisi. Otasi Qori Po’latxo’ja buxorolik savdogar bo’lgan. U dastlabki tahsilni Buxorodagi madrasada oladi va ilk jadid maktablaridan biriga asos soladi. 1908-yil do’sti Xamidxo’ja Mehriy bilan Turkiyada — Istanbulda tahsil oladi. 1913-yil Usmonxo’ja Buxoroga qaytadi va yana jadid maktabi ochadi. Maqolada Usmonxo’ja Po’latxo’jayevning hayot yo’li haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.