Szin sulolasi, Ueyd Jaylz romanizatsiyasi boʻyicha Chin sulolasi – ikki alohida bosqich, yaʼni Xitoyni milodiy 265-yildan 316/317-yilgacha boshqargan Si (gʻarbiy) Szin hamda 317—420-yillarda boshqargan Dong (sharqiy) Szin bosqichlarini oʻz ichiga olgan Xitoy sulolasi. Dong Szin olti sulolaning biri hisoblanadi.
Milodiy 265-yilda Sima shahzodasi Sima Yan soʻnggi Sao imperatorini taxtdan agʻdarib, Si Szin sulolasiga asos soldi. Sima Yan Vudi nomi bilan tanilgan boʻlib, qobiliyatli hamda baquvvat monarx boʻlgan. Uning sudi Xitoyning eng qadimgi huquqiy kodeksini yaratdi (268-yil). Sima U qirolligi hukmdorini agʻdarganidan soʻng (280-yil) XItoy yagona monarx qoʻli ostida birlashdi. Vudi koʻpgina mulklarni birlashtirgan va shu qadar shuhrat qozongan-ki, olislardagi Sharqiy Rim davlatidan ham elchilarni qabul qilgan boʻlishi mumkin. Buddaviylik falsafasi, sanʼati va meʼmorchiligi bu sulola madaniyatiga taʼsir koʻrsatgan.
Dong Szin sulolasining generallari hukumatga mohirona xizmat qildi, bu esa uning najotini ham, halokatini ham isbotlab beradi. Qirollik shimoldan boʻlgan hujumlarga qarshi tura oladi va 347-yilda Sichuan provinsiyasini egallaydi.
Ushbu gʻalabani taʼminlagan general Huan Ven hukmron imperatorni chetlatib, oʻrniga “qoʻgʻirchoq imperator”ni taxtga qoʻyadi. Ammo koʻp oʻtmay, yangi hukmdor ham, general ham vafot etadi. 383-yilda Dong Szin Fey daryosi boʻyidagi shimoliy koʻchmanchilarning bosqinchi qoʻshiniga qarshi kurashdi. 400-yilda esa norozi yer egalari qoʻzgʻolon boshladi.
Qoʻzgʻolonning bostirilishi esa (402-yil) armiya yetakchilariga berilgan vakolatlarning kuchayishiga olib keldi. Harbiy muvaffaqiyatlar sulolani shimoli-gʻarb tomonga yetakladi (415—417-yillar) va shu tariqa Markaziy Osiyo savdo yoʻllariga kirish imkoniyatini tikladi. Biroq suddagi nayranglar koʻpaygani sari qirollik zaiflashib, harbiy toʻntarishga tayyor boʻlib qoladi.Ilk bosqinchi Xuan Suyan edi, biroq ko'p o'tmay u shimoliy qirolliklarga qarshi kurashib, yetarlicha mashhurlikka erishgan general Lyu Yuy tomonidan taxtdan ag‘dariladi. Lyu Yuy hukmron imperatorni oʻldirib, oʻrniga “qoʻgʻirchoq imperator”ni oʻrnatadi, keyin uni ham oʻldirib, taxtga oʻzi oʻtiradi.