© 2023

Syuan Zan Xitoydan Hindistonga sayohati
VII asr

Syuan Zan Xitoydan Hindistonga sayohati

Xitoyning Changʻan shahriga qaytishda Buddaviylik muqaddas kitobini tarjima qildi

Syuanzsan, Ueyd Jaylz romanizatsiyasi boʻyicha Syuan Szang, asl ismi Chen Yi, faxriy epiteti San Sang, shuningdek, Muchatipo deb ham ataladi. Sanskritchada Mokshadeva yoki Yuanzang (602-yili Xitoyda, Luochjoudagi Yanshi shaharchasida, hozirgi Xenan provinsiyasining Yanshi tumani tugʻilgan, 664-yili Changʼanda, hozirgi Xitoyning Sian shahrida vafot etgan) — buddaviylik rohibi, Xitoydan Hindistonga sayohat qilgan ziyoratchi. U buddaviylikning muqaddas bitiklarini sanskrit tilidan xitoychaga tarjima qilgan va Xitoyda buddaviylikning ong maktabiga asos solgan.

Xitoydagi ustozlaridan oʻz savollariga yechim topa olmaganidan soʻng Syuan Szang Hindistonga — taʼlim olish uchun “buddaviylik bulogʻi”ga borishga qaror qiladi. Sayohat uchun ruxsatnoma ololmagach, 629-yilda Changʼandan yashirincha chiqib ketadi. Syuan Szang oʻz safari davomida Turfon, Qorashar, Kuchar, Toshkent va Samarqand kabi voha markazlaridan oʻtib, Taklamakon choʻlining shimoliga yoʻl oladi, temir darvozalardan oʻtib, Baqtriyaga keladi, Hindukush togʻini kesib oʻtib, Kapisa, Gandhara va Hindistonning shimoli-gʻarbidagi Kashmirga sayohat qiladi. U yerdan Ganga daryosi orqali Mathuraga suzib oʻtadi, soʻngra 633-yilda buddaviylikning muqaddas yurti boʻlmish Ganganing

sharqiy qismiga yetib keladi.
Syuan Szang budda hayoti bilan bogʻliq Hindistondagi barcha muqaddas qadamjolarga tashrif buyuradi, subkontinentning shimoliy va gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab sayohat qiladi. Biroq u vaqtining asosiy qismini buddaviylik oʻrganish markazi boʻlgan — Nalanda monastirida oʻtkazadi. U yerda Syuan Szang sanskrit tilini, budda falsafasi hamda hind gʻoyalarini oʻrganadi. U Hindistondaligida olim sifatida obroʻsi shu qadar yuksalgan ediki, hatto Shimoliy Hindistonning qudratli qiroli Harsha ham u bilan uchrashib, hurmatini joyiga qoʻyishni istagan edi. Aynan shu qirolning homiyligi tufayli Syuan Szangning 643-yilda boshlangan XItoyga qaytish safari osonlashdi.