© 2023

Sinay va Vatikan kodekslari
IV asr
• Misr, Sinay togʻi

Sinay va Vatikan kodekslari

XIX asrda kashf qilingan va tadqiq etilgan asosiy unsial (bir-biriga ulanmagan, dumaloq shaklli qoʻlyozma bosh harflar turi) va baʼzi muhim minuskullar (unsiallardan farqli kichik qoʻlyozma harflar turi) matn tanqidining yoʻnalishini oʻzgartirdi, qoʻlyozmalar va ularning namunalari bilan ishlash usullarining yaxshilanishiga sabab boʻldi. Bu holat XX asrda ham davom etdi. Asosiy yangi qoʻlyozma namunalari ℵ yoki S, B, W va Θ bilan belgilanadi.

ℵ yoki S (Sinay kodeksi) 1859-yilda Tishendorf tomonidan Sinay tog'i etagidagi Avliyo Ketrin monastirida topilgan. Bungacha u yerda 1844-yilda IV asrga oid Injil kodeksining 43 varagʻi qisman topilgan edi. Garchi Eski ahdning baʼzi qismlari yoʻqolgan boʻlsa-da, IV asrga oid Yangi ahd “Barnaboning xabari” hamda “Germas choʻponi” qismlari bilan birgalikda toʻlaligicha saqlanib qolgan. U “uchta qoʻl” va bir nechta tahrirchilardan oʻtgan deyiladi. Tishendorf rohiblarni qimmatbaho qoʻlyozmani Rossiya podshosi Aleksandr II’ga berish, oʻz abbatligi va yunon cherkovi himoyasining taʼminlanishi kafolatlanishiga ishontirdi. Keyinchalik Tishendorf Leypsigda ℵ (S) ni nashr qilib, podshohga sovgʻa qildi.

Qoʻlyozma 1933-yilgacha Leningradda qoldi. Bu orada Oksford universiteti nashriyoti 1911-yilda ingliz injilshunos olimi Kirsopp Leyk tomonidan olingan qoʻlyozma fotosuratlaridan Yangi ahdning faksimilini nashr qildi. Qo‘lyozma 1933-yilda sovet hukumati tomonidan Britaniya muzeyiga 100 ming funt sterling evaziga sotilgan. ℵ matni turi oʻzidagi baʼzi gʻarbiy matn elementlariga qaramasdan Iskandariya guruhiga mansub. Matnni boshqa standartga moslashga urinishlarni ifodalovchi tahrirlar taxminan VI yoki VII asrlarda Kesariyada qilingan.

B, Vatikan kodeksi 1475-yilgacha Vatikan kutubxonasida saqlangan IV asr oʻrtalariga oid Injil qoʻlyozmasi 1889–1890 va 1904-yillarda faksimil koʻrinishda paydo boʻlgan. Yangi ahdda yahudiylarga yoʻllangan pastorallar, filimon va vahiy haqidagi 9-bob, 14-oyat yoʻq. B’ning bezaklari yoʻqligi sababli baʼzi olimlar uni ℵ‘ dan qadimiyroq deb hisoblaydi. Boshqalar esa har ikki B va ℵ matnida ham Iskandariya matnlari asosiy qismni egallagani sababli ular bir vaqtda, Konstantin muqaddas bitikning 50 nusxasini buyurtma qilgan paytda yaratilgan boʻlishi mumkin deb hisoblaydi. Iskandariya matnining dastlabki namunasi sifatida B eng ishonchli qadimiy yunon matni sifatida bebahodir.