© 2023

Satton Hu kemasidagi qabr
VII asr

Satton Hu kemasidagi qabr

Satton Hu – Angliyaning Saffolk okrugidagi Vudbrij shaharchasi yaqinidagi mulk, oʻrta asrlarga tegishli qadimgi qabriston boʻlib, u yerda anglo-saks qirolining qabri yoki kenotafi joylashgan. Yevropada topilgan eng boy german qabrlaridan biri boʻlgan bu qabr kelgusi hayot uchun toʻliq jihozlangan (murdasiz) kema boʻlib, qadimgi anglo-sakson qirollarining davlati hamda aloqalariga oydinlik kiritgan. Angliyada kemani dafn qilish noanʼanaviy deb qaralgani uchun 1939-yilda Satton Huning kashf etilishi gʻayrioddiy hisoblangan.

25 fut (7,6 metr) chuqurlikdagi qum xandaqdagi kemaning chirigan yogʻochlari va qolgan mixparchinlari kemaning klinkerdan yasalgan, machtasiz 80 fut (27 metr) uzunlikdagi eshkakli qayiq ekanini koʻrsatadi. U yerdan topilgan tangalar sanasi, ularda xristian hamda majusiylik elementlarining mavjudligi nasroniylikni qabul qilgan va keyinchalik majusiylikka qaytgan Shimoliy Angllar qiroli Redvaldning (624/625-yilda vafot etgan) kenotafi boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Biroq qirolning shaxsiyati hanuz soʻroq ostida qolmoqda, yana bir nomzod sifatida 654-yildagi Vinvaed jangida Penda uchun kurashib oʻlgan Mersiyaning Pagan qiroli Etelher koʻrsatiladi.

Kemaning dafn marosimi hamda qabrdagi baʼzi buyumlar nusxalari Shvetsiyada ham boʻlib, Sharqiy Angliya qirollik sulolasi hozirgacha shubhasiz shvedlardan kelib chiqqanini koʻrsatadi.
Dafn qilingan joyda 41 ta sof oltindan yasalgan (hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi), shuningdek, import qilingan koʻplab kumush buyumlar bor edi. Bitta katta kumush idishda Vizantiya imperatori — Anastasiya Iʼning (491—518-yillar) nazorat tamgʻasi tushirilgan. Bundan tashqari, yunon tilida oʻyib yozilgan kumush qadahlar, kosa va qoshiqlar hamda Oʻrta Sharqdan keltirilgan bronza qadah qirollikning aloqa doirasini namoyish etadi. Qirolning qabri va qabrdagi buyumlar Beovulf tomonidan tasvirlangan sivilizatsiyaga oydinlik kiritadi.