Rim 410-yilda qirol Alarix boshchiligidagi vestgotlar tomonidan talon-taroj qilinadi. Bu esa g'arbiy imperiyaning qulayotganidan dalolat berar edi. O‘sha yili Alarixning o‘limidan ko‘p o‘tmay gotlar Galliya va Ispaniyaga o'tadi. 429-yilda vandallar qiroli Geyzerik Ispaniyadan Rim Afrikasiga kesib o‘tib, Rim zaminida ilk mustaqil germancha davlatini quradi. Biroz vaqtdan soʻng vandallar O‘rtayer dengizini bir muddat boshqargan, Italiya va Sitsiliya qirgʻoqlarini vayron qilgan buyuk harbiy kuchga aylangan. Bu orada franklar va burgundiyaliklar Germaniya hamda Galliyaga bostirib kirayotgan edi. 449-yildan boshlab, sakslar, angllar va jutlar Yutlandiya yarimorolidan o'tib, Britaniyani egallaydi. Attila boshchiligidagi gunnlar esa Galliyada katta urush boshlaydi. Unvondan boshqa barcha narsa uchun Gʻarbiy Rimni boshqargan general Flaviy Aetsiy vestgotlar qiroli Teodorik I bilan ittifoq tuzadi, ularning birlashgan armiyasi Katalaun tekisligidagi jangda (451-yil) gunnlarga jiddiy qarshi zarba yoʻllaydi.