Orqaga

905 marta koʻrilgan

VIII–IX

Qarluqlar, oʻgʻuzlar va tohiriylar

VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo’ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyinlashdi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi, uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlaridagi hali xalifalikka bo’ysundirilmagan chegaradosh yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir.