Orqaga
Po'lat Soliyev hayoti va faoliyati.

537 marta koʻrilgan

1882–1938

Poʻlat Soliyev

Po’lat Majidovich Soliyev 1882-yil 22-martda Rossiya imperiyasi Astraxan viloyatining Zaso’ravskiy bo’lisidagi Bashmakovka qishlog’ida o’ziga to’q dehqon oilasida tug’ilgan. Asli buxorolik, mang’it urug’iga mansub otasi Majid Soli farzandlarining ilm olishini qo’llab-quvvatlab, rag’batlantirib borgan. Qishloq maktabini tamomlagan Po’lat Soliyev yirik islomshunos olim, tarixchi, “Idel” gazetasining muharriri Abdurahmon Umerov tashkil qilgan, o’rta maxsus ta’lim beruvchi madrasaga o‘qishga kirgan. O’n besh yoshida madrasani tamomlab, Qozon shahridagi oliy madrasalar – Muhammadiya va G’oliyada tahsil olgan. Ikki madrasani ham a’lo baholarga bitirgan Po’lat Soliyev bu paytda arab, turk, fors, rus va boshqa turkiy xalqlar tillarini puxta bilgan va fransuz hamda nemis tillarini ham o’zlashtirgan edi. Maqolada Po’lat Soliyev hayot va mehnat faoliyati haqidagi bir qator maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.