Orqaga

837 marta koʻrilgan

1224–1480

Oltin Oʻrda

Oltin oʻrda, Joʻji ulusi — XIII asrning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Joʻji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon boshqargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan.