Orqaga

624 marta koʻrilgan

XV asr

Oʻrta asrlarda Movarounnahda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bunyodkorlik

Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko’pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog’liq bo’lgan yangi-yangi guzarlar, ko’cha-ko’ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli bozor) paydo bo’ladi. Ko’pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtaroshlovchilar, shishasozlar, ko’nchilar kabi hunarmandchilik mahallalari bo’lgan. O’rta asr hunarmandchigida kulolsozlik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. Bu davrda tosh yo’nish, sayqal berish, o’ymakor naqshlar va xushxat yozuvlar bitish san’ati kamolotga yetadi.