Orqaga
Nil Armstrong 1960-yilning 16-iyulida katta Edvin Y. Oldrin hamda Maykl Kollins bilan birgalikda Apollon 11 kemasida Oy tomon koʻtarilishadi.

625 marta koʻrilgan

1969-yil

Nil Armstrong ilk marta Oyga qoʻndi

Nil Armstrong Viola Luis Engel va davlat auditori Stiven Koyenig Armstronglarning uch farzandidan eng kattasi edi. Nilning aviatsiya va parvozlarga boʻlgan ishtiyoqi 6 yoshida, oʻzining ilk samolyotdagi sayohati davomida dunyoga kelgan. U Amerika yigitlari skautida faol boʻlgan, u erishish mumkin boʻlgan eng yuqori daraja – “Burgut skauti” unvoniga ega boʻlgan. Nil oʻzining 16-tugʻilgan kunida uchuvchi ruxsatnomasiga ega boʻladi, 1947-yilda esa dengiz havo kursanti boʻladi.

1950-yilda Indiana shtatining Gʻarbiy Lafayet shahridagi Purdu universitetida kechayotgan Aeronavtika muhandisligi boʻyicha taʼlimi Koreya urushi tufayli toʻxtatiladi, urush davomida u bir marta oʻq yeydi va uchta havo kuchlari medali bilan taqdirlanadi. U oʻqishini 1955-yilda tamomlagan zahoti Aeornavtika boʻyicha milliy konsultativ qoʻmita (NACA), keyinchalik esa Milliy aeronavtika va fazo boshqarmasida (NASA) fuqarolik tadqiqotchi uchuvchisi lavozimini egallaydi. Armstrong 1100 soatdan ortiq vaqt davomida X-15 reaktiv samolyoti singari tovushdan tez uchuvchi bir qancha qiruvchi samolyotlarni sinovdan oʻtkazgan.

1962-yilda Armstrong ikkinchi guruh astronavtlari bilan birgalikda kosmik dasturga qoʻshiladi. 1966-yil 16-martda esa Gemini 8 kemasining qoʻmondon uchuvchisi sifatida uchuvchisiz Agena’da raketasidagi Devid R. Skott bilan uchrashadi va ilk kosmik tutashtiruv manyovrini amalga oshiradi. Tutashtiruvdan soʻng raketaning qoʻzgʻatuvchisidagi nosozlik kosmik kemani nazoratsiz aylantira boshlaydi va u Agena’dan ajralishga toʻgʻri keladi. Keyin Armstrong Gemini kemasida nazoratni qayta qoʻlga oladi va Tinch okeaniga favqulodda qoʻnishni amalga oshiradi.

Oyga qoʻnish

1960-yilning 16-iyulida katta Edvin Y. Oldrin hamda Maykl Kollins bilan birgalikda Apollo 11 kemasida Oy tomon koʻtariladi. 4 kundan soʻng AQSh Sharqiy zonasining yozgi vaqti (EDT) boʻyicha soat 16:17 da Armstrong boshqargan Eagle Oy moduli “Sukunat dengizi”ning (Mare Tranquillitatis) janubi-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi tekislikka qo‘nadi. 1969-yilning 20-iyuli EDT boʻyicha 22:56 da Armstrong Eagle’dan “Bu bir inson uchun kichik bir qadam, ammo insoniyat uchun buyuk sakrashdir” soʻzlari bilan Oy tuprogʻiga qadam bosadi (hayajonlanganidan, tayyorlab qoʻygan nutqida xatolikka ham yoʻl qoʻyadi). Armstrong va Oldrin modulni ikki soatdan ortiq vaqtga tark etib, ilmiy asboblarini joylashtiradi, tuproqdan namuna yigʻadi va bir qancha suratlar oladi.

Oyga qoʻnish toʻliq maqola

Oyda oʻtgan 21 soat 36 daqiqadan soʻng 21-iyulda u Kollins bilan uchrashib, ularning Yerga qaytish safari boshlanadi. 24-iyul EDT boʻyicha 12:51 da Tinch okeaniga qoʻnganidan soʻng 3 astronavt Oy mikroblarini yuqtirganlik ehtimolidan himoyalanish tufayli 18 kunlik karantinda saqlanadi. Bu davr va undan keyingi 21 davlatga boʻlgan safar chogʻida astronavtlar insoniyatning koinotni oʻrganishda yangi erani ochishdagi ishtiroki tufayli olqishlanadi.



Muqova suratlar: wikipedia.org / pexels.com