Orqaga

543 marta koʻrilgan

1893–1937

Muxtorjon Yoʻldoshevich Sаidjonov

Muxtorjon Yo’ldoshevich Saidjonov — Buxoroda jadidchilik harakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK aʼzosi. Kolesov voqeasiaan so’ng, Yosh buxoroliklardan ajralib chiqqan. «Milliy ittihod» tashkilotining Buxoro sho’basida faoliyat ko’rsatgan. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgach, Zarafshon okrug ijroiya qo’mitasi raisi. Saidjonov sovet rejimi tomonidan qamoqqa olinib, akasi Musojon Saidjonov va buxorolik boshqa milliy rahbarlar bilan birgalikda otib tashlangan. 1965-yil 2 dekabrda oqlangan. Maqolada Muxtorjon shaxsi va hayot yo’li haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz.