Arablar istilosi odatda alohida davr sifatida koʻriladi. Fathlarning oxiri yirik tarixiy voqea — Umaviylar xalifaligining Abbosiylar tomonidan agʻdarilishiga toʻgʻri kelishi uni davrlarga boʻlishni osonlashtiradi. Biroq istilolarning ijtimoiy hamda madaniy oʻzgarishlardagi oʻrnini kengroq koʻrsatish maqsadida, koʻpchilik aholining qalbini va aqlini zabt etish uchun ketgan davr ham hisobga olinib, harbiy istilolar uchun ikki baravar uzoq vaqt ajratish talab etiladi. 634—870-yillarda islom arablarning kichik hukmron tabaqasi ramzidan gʻarbiy Oʻrtayer dengizidan to Markaziy Osiyoga qadar choʻzilgan ulkan imperiyaga aylandi. Dinning uzoq vaqt davomida, astalik bilan qabul qilinishi natijasida arab madaniyati fath etilgan mahalliy xalqlar madaniyati bilan qorishib, islomning asosiy yoʻnalish va xususiyatlari yaratildi. Arablar kamchilikni tashkil qilishgan boʻlsa-da, arab tili yuksak madaniyatni tarqatish vositasiga aylandi.
Tarixda ilk marotaba Nildan Oksgacha (Amudaryo) boʻlgan hududda buyuk taraqqiyotni tashuvchi yuksak madaniyat tili avvalgi tillarning oʻrnini egallaydi. Musulmon davlatning fiskal asosi sifatida oʻljaning oʻrniga savdo-sotiq hamda soliq tizimi egallaydi, qabilaviy qoʻshin oʻrniga qabilaviy boʻlmagan qoʻshin keladi. Bu oʻzgarishlar amalga oshadigan barcha ijtimoiy dislokatsiya va raqobatlar yordamida markazlashgan imperiya nominal konfederatsiyaga aylanadi.