Orqaga

855 marta koʻrilgan

1206–1368

Moʻgʻullar imperiyasi

Moʻgʻullar davlati — XIII asr 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilolari natijasida vujudga kelgan va Sharqiy Yevropadan Yaponiya dengizigacha va Novgoroddan Janubi-Sharqiy Osiyogacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan jahon tarixidagi eng yirik davlat. Oʻzining gullab-yashnagan davrida u Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Xitoy hamda Tibetning keng hududlarini oʻz ichiga olgan. XIII asrning ikkinchi yarmida imperiyaning yemirilishi boshlandi va 1266-yilda barham topadi, har bir ulus xonlarining har biri oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib, chingiziylar boshchiligidagi alohida uluslar xonlari bir-birini mustaqil deb tan oldi.