Orqaga

69 marta koʻrilgan

1733–1793

Maxtumquli

Maxtumquli mashhur turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan iqtidor sohibi. U shoir Ozodiy Davlatmamat oilasida 1733-yilda tug’ilib, boshlang’ich savodni ovul maktabida oladi. So’ng o’z ilmini oshirish maqsadida Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o’zbek adabiyotining o’tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. Maxtumquli bir qancha fanlarni o’zlashtirish bilan birga, zargarlik hunarini ham egallaydi.