© 2023

Mark Lukretsiy uyidagi devoriy surat tarixi
I asr oʻrtalari
• Pompey

Mark Lukretsiy uyidagi devoriy surat tarixi

Freska — devor yoki shift yuzasiga qoʻllanilib, uning ajralmas qismiga aylantiriladigan surat. Bu atama toʻgʻridan toʻgʻri pishgan plitka yuzasiga chizilgan rasmni ifodalashi mumkin. Biroq u tasvirning boʻlagini tashkil etmasa, mozaikali dekoratsiyalar uchun bu atama ishlatilmaydi.

Freska tasvirlar arxitektura bilan uzviy bogʻlangani tufayli tasviriy sanʼatning boshqa barcha turlaridan oʻziga xos tarzda ajralib turadi. Rang, dizayn va tematik ishlovdan foydalanish binoning fazoviy nisbatlari sezgisini keskin oʻzgartirib yuborishi mumkin. Shu maʼnoda freska haqiqatan ham 3 oʻlchovli yagona sanʼat turi hisoblanadi. Chunki u berilgan yuzani oʻzgartirib, unga qoʻshilib ketadi.

Vizantiya mozaik dekoratsiyasi organik meʼmorchilik turiga nisbatan katta hurmat koʻrsatadi. Uygʻonish davrining eng buyuk rassomlari esa fazoda illyuziya tuygʻusini uygʻotishga harakat qilgan. Barokko davri ustalari devor yoki shiftni butunlay eritib yuboradigandek koʻrinish beruvchi radikal effektga erishgan. Freska tasvirlarning meʼmorchilik bilan organik bogʻliqligidan tashqari yana bir xususiyati ularning ijtimoiy ahamiyatidir. Freska rassom ijtimoiy, diniy yoki vatanparvarlik ruhidagi mavzularni tegishli miqyosda devorning strukturaviy ehtiyojlari va ifodalangan gʻoyaga nisbatan tasviriy mulohaza qila olishi lozim.