4
Ulashish
582 marta koʻrilgan
XI asr
Mahmud Qoshgʻariy
Mahmud Qoshg’ariy Markaziy Osiyoda ilk o’rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo’lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o’rganish sohasida mashhur bo’ldi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. Otasining ismi Husayn, bobosi Muhammad bo’lib, kelib chiqishi va tiliga ko’ra Qoshg’ariy nisbatini olgan. U XI asrda yashab ijod etgan. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar o’rnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo’la boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan o’lkalarda turkiy elatlar namoyondalari ko’payib, turkiy tilga e’tibor oshgan edi. Mahmud Qoshg’ariy ham o’zining uzoq yillar davomida bunyod etgan «Devonu lug’atit turk» kitobini hijriy 469 (milodiy 1074–1075)-yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan bo’lgan yuqori mavqega ega Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag’ishlagan.