© 2023

Klassedagi Sant Apollinar cherkovi gumbazi mozaikalari qurib bitkazildi
VI asr boshlari

Klassedagi Sant Apollinar cherkovi gumbazi mozaikalari qurib bitkazildi

Ravenna – Italiyaning shimoli-sharqidagi Emilia-Romagna mintaqasidagi shahar. Shahar Adriatik dengizidan 6 milya (10 km) ichkarida, Ronko va Montone daryolarining qoʻshilish joyi yaqinidagi pasttekislikda joylashgan boʻlib, dengiz bilan kanal orqali bogʻlangan. Ravenna miloddan avvalgi 5-asrda Gʻarbiy Rim imperiyasining, keyinroq (6–8-asrlar) Ostgotlar va Vizantiya Italiyasining poytaxti sifatida muhim tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan.

Ravennadagi Vizantiya sanʼati durdonasi boʻlgan San-Vitale cherkovi imperator Yustinian davrida qurib bitkazildi. Cherkov yepiskop Ekklezius tomonidan ostgot qirolichasi Amalasunta (535 yilda vafot etgan) davrida qurila boshlangan va 547 yilda bitkazilgan. Marmardan qurilgan va baland terrakota gumbazi bilan qoplangan bu sakkizburchakli cherkov Gʻarbiy Yevropadagi Vizantiya meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biridir.

Cherkovning peshtoqidagi mashhur mozaikalar Konstantinopoldagi shunga o'xshash ishlardan kuchli ta'sirlanish natijasida yaratilgan. Ularda Eski va Yangi Ahd qahramonlari, shuningdek, zamonaviy Vizantiya hukmdorlari va katolik ruhoniylari tasvirlangan.