© 2023

Kioto shahrida Kofun davrida qilingan hanivalar
VI asr boshlari

Kioto shahrida Kofun davrida qilingan hanivalar

Xaniva (yaponcha “loy doirasi”) deb Tumullar davri (taxminan 250–552-yillar)ga oid yapon elitasi qabrlarining (kofun) usti va atrofida oʻrnatilgan, sirlanmagan terrakota (sopol) silindrlar va ichi boʻsh haykallarga aytiladi. Qabr chegaralarini belgilash uchun ishlatiladigan bochka shaklidagi silindrlar birinchi va eng keng tarqalgan xanivalar edi. Keyinchalik IV asrning boshida silindrlar ustiga jangchi, xizmatkor ayol, raqqosa, qush, hayvon, qayiq, harbiy texnika va hatto uylar shakllari oʻyila boshlagan. Taxminlarga koʻra, bu shakllar u dunyoda marhumga xizmat qiladigan kishilar timsoli boʻlgan.

Xaniva balandligi 1—5 fut (30—150 sm gacha) boʻlib, oʻrtacha balandligi taxminan 3 fut (90 sm) hisoblanadi. Inson figuralari koʻpincha geometrik naqshlar va oq, qizil hamda koʻk rangdagi pigmentlar bilan bezatilgan. Boʻsh haykallarning koʻzi, burni va ogʻzi obyektlarga sirli joziba beradigan teshiklar bilan koʻrsatilgan. VI asrda xaniva ommaviy ravishda ishlab chiqarilgan, ammo keyinchalik buddizmning kirib kelishi va marhumlarni yoqish amaliyoti tumullar yasashning va oʻz navbatida xanivalar ishlab chiqilishining pasayishiga olib keldi.