Orqaga

571 marta koʻrilgan

VIII asr

Italiya ilk shahar-davlatlarining paydo boʻlishi

Teodorik boshchiligidagi ostgotlar Italiyani zabt etishi bilan Odoaker hukmronligi tugadi.

Bir necha oʻn yillardan soʻng sharqiy Rim imperatori — Yustinian qoʻshinlari Rim imperatorligi hokimiyatini qayta tiklash maqsadida Italiyaga kirdi va bu mamlakatni ocharchilik hamda epidemiyalar bilan vayron qilgan Gotika urushiga olib keldi. Bu oxir-oqibat boshqa bir nemis qabilasi boʻlmish lombardlarga Italiyaning bepoyon hududlarida hukmronligini oʻrnatishiga imkoniyat yaratib berdi. 751-yilda lombardlar Ravennani egallab, Shimoliy Italiyada Vizantiya hukmronligini tugatdi.

Odoaker hukmronligi tugatilishi. Italiyada kuch bo'shlig'i. Italiyada avtonomiya davri boshlanishi. Sitsiliyada musulmon hukmronligining tugatilishi.

Rim imperatori Yustinian mozaika tasviri, San-Vitale Bazilikasida, 547-yil / wikipedia.org

Lombardlarning yangi hujumiga uchragan Papa hokimiyati yordam soʻrab franklarga murojaat qildi. 756-yilda frank kuchlari lombardlarni yengdi va markaziy Italiyaning katta qismi ustidan qonuniy hokimiyatni Papa hukumatiga topshirdi va shu tariqa Papa davlatlari tashkil topdi. 800-yilda muqaddas Pyotr Bazilikasida Buyuk Karlga Papa tomonidan muqaddas Rim imperiyasining imperatorlik toji kiydirilgan.

Buyuk Karl oʻlimidan (814-yil) soʻng uning kuchsiz vorislari qoʻlida qolgan yangi imperiya tez orada parchalanib ketadi. Buning natijasida Italiyada kuch boʻshligʻi paydo boʻladi. Bu Arabiston yarimoroli, Shimoliy Afrika va Oʻrta Sharqda islomning kuchayishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi.

Janubdan esa Italiyaga Umaviy va Abbosiylar xalifaliklari tomonidan hujumlar boʻlgan. Shimolda esa kommunalarning kuchi oʻsib borayotgandi. 852-yilda saratsenlar Bari yerlarini egallab, u yerda amirlikka asos soladi. Sitsiliya ustidan islom hukmronligi 902-yildan boshlab kuchga kirgan va orolda toʻliq hukmronlik esa 965-yildan 1061-yilgacha davom etgan. Ming yilliklarning boshi Italiya tarixida yangilangan avtonomiya davrini boshlab keldi.

Odoaker hukmronligi tugatilishi. Italiyada kuch bo'shlig'i. Italiyada avtonomiya davri boshlanishi. Sitsiliyada musulmon hukmronligining tugatilishi.

Italiya xaritasida Bari hududi joylashuvi / wikipedia.org

XI asrga kelib shaharlar qayta rivojlanishni boshlashi bilan savdo-sotiq ham asta-sekin yuksala boshladi. Bu paytga kelib Papa hokimiyati qayta tiklandi va muqaddas Rim imperiyasiga qarshi uzoq yillik kurashga kirishdi. Mansabga tayinlash munozarasi, qirol, graf yoki gersoglar kabi dunyoviy hokimiyatlarning cherkov idoralariga yepiskoplarni tayinlashda qonuniy ahamiyatga ega ekanligi haqidagi ikki tubdan farq qiluvchi qarashlar boʻyicha mojaro, nihoyat, 1122-yilda Vorms konkordat tomonidan hal qilindi. Shunga qaramay, bu kabi muammolar Yevropaning koʻplab hududlarida oʻrta asr oxirlarigacha davom etgan.

Shimolda esa kommunalarning Lombard ligasi 1176-yil Legnano jangida imperator Frederik Barbarossani magʻlub etib, muqaddas Rim imperiyasidan oʻz avtonomiyalarini qaytarib olish uchun muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirdi. Janubda normanlar Lombard va Vizantiyani egallab, yarimoroldagi olti asrlik tarixga ega ikki kuchli davlatga barham berdi. Bir qancha mustaqil shahar va davlatlar kuch bilan bosib olindi. Xuddi shu davrda normanlar Sitsiliyada Muslim hukmronligiga ham barham berdi.

1130-yilda sitsiliyalik Roger II Sitsiliyaning Norman Qirolligida hukmronlik qilishni boshladi. Roger II Sitsiliyaning birinchi qiroli edi va u normanlar Janubiy Italiyada istilo qilgan barcha yerlarni kuchli markazlashgan hokimiyatga ega yagona qirollikka birlashtirishga muvaffaq boʻlgandi. 1155-yilda imperator Manuel Komnenos Janubiy Italiyani normanlardan qaytarib olishga urinadi, lekin urinishlar behuda ketadi va 1158-yilda vizantiyaliklar Italiyani tark etadi. Sitsiliya nemislarning Gogenshtaufen sulolasi hujumiga uchragandan keyin Sitsiliyaning Norman qirolligi 1194-yilgacha davom etadi. Sitsiliya qirolligi XIX asrgacha turli xil sulolalar boshqaruvi ostida boʻladi.

Odoaker hukmronligi tugatilishi. Italiyada kuch bo'shlig'i. Italiyada avtonomiya davri boshlanishi. Sitsiliyada musulmon hukmronligining tugatilishi.

Rim Imperatori Manuel Komnenos, Vatikan kutubxonasi, Rim / wikipedia.org

XII–XIII asr oʻrtalarida Italiya Alp togʻlarining shimolidagi feodal Yevropadan keskin farq qiluvchi kuchli siyosiy qiyofa yaratadi. Hech qanday hukmron kuch paydo boʻlmagani uchun Yevropaning boshqa hududlarida ham oligarxiya shahar davlat hukumatning eng keng tarqalgan turiga aylandi. Toʻgʻridan toʻgʻri cherkov nazorati va imperator hokimiyatini qoʻl ostida ushlab turgan koʻplab mustaqil shahar davlatlar ilk kapitalistik tamoyillarga asoslangan savdo-sotiq orqali gullab yashnadi, natijada Uygʻonish davrida yaratilgan badiiy va intellektual oʻzgarishlar uchun sharoit yaratildi.

Italiya shaharlari feodalizmdan chiqib ketgandek edi, shuning uchun ularning jamiyati savdo-sotiqqa asoslanadi. Hatto shimoliy shahar va shtatlar ham oʻzining savdo respublikalari, xususan, Venetsiya Respublikasi bilan ajralib turardi. Feodal va mutlaq monarxiya davlatlari bilan qiyoslanganda, Italiya mustaqil kommunalari va savdo respublikalari nisbatan siyosiy erkinlikka ega boʻlib, fan va sanʼat taraqqiyotini kuchaytirdi. Bu davrda koʻplab Italiya shaharlari respublika hukumatini shakllantirdi, masalan, Florensiya, Lukka, Genuya, Venetsiya va Siena Respublikalari shular jumlasidan.

XIII–XIV asrlarda bu shaharlar Yevropa darajasidagi yirik moliyaviy va tijorat markazlariga aylanib ulgurdi. Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi qulay mavqei tufayli Venetsiya kabi Italiya shaharlari xalqaro savdo va bank markazlari hamda intellektual “chorraha” ga aylandi. Milan, Florensiya va Venetsiya, shuningdek, Italiyaning bir qancha shahar shtatlari moliyaviy rivojlanishda muhim innovatsion rol oʻynadi, bank ishining asosiy vositalari va amaliyotlarini ishlab chiqildi, ijtimoiy va iqtisodiy tashkilotning yangi shakllari paydo boʻldi. Xuddi shu davrda Italiyada dengiz respublikalari paydo boʻldi: Venetsiya, Genuya, Piza, Amalfi, Ragusa, Ankona, Gaeta va kichik Noli kabilar.

X–XIII asrlarda bu shaharlar oʻzini himoya qilish va Oʻrta dengiz boʻylab keng savdo tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kema flotlarini qurdi va bu Salib yurishlarida muhim rol oʻynadi. Dengiz respublikalari, xususan, Venetsiya va Genuya tez orada Sharq bilan savdo qilish uchun Yevropaning asosiy “darvoza”lariga aylandi, Qora dengizgacha koloniyalar tashkil etdi va koʻpincha Vizantiya imperiyasi va Oʻrta dengiz islom dunyosi bilan savdoning katta qismini nazorat qildi. Oʻrta asrlarning oxirlarida Savoy grafligi oʻz hududini yarimorolgacha kengaytirdi, Florensiya esa koʻp asrlar davomida ipak, jun, bank va zargarlik buyumlarining Yevropa poytaxtiga aylangan, yuqori darajada tashkil etilgan tijorat va moliyaviy shahar davlatiga aylandi.



Manbalar: wikipedia.org / britannica.com
Muqova surat: midjourney.com