© 2023

Hozirgi Afgʻoniston, Pokiston va Shimoliy Hindiston hududi kushonlar nazoratiga oʻtdi
Milodiy 30-yil
• Kushon podsholigi

Hozirgi Afgʻoniston, Pokiston va Shimoliy Hindiston hududi kushonlar nazoratiga oʻtdi

Kushon sulolasi, shuningdek, Kusana yuechjilardan kelib chiqqan hukmron sulolalardan biri boʻlib, eramizning dastlabki III asrida Shimoliy Hindiston yarimqit’asi, Afgʻoniston va Markaziy Osiyoning baʼzi qismlarida hukmronlik qilgan. Yuechjilar Baqtriyani miloddan avvalgi II asrda bosib oladi va mamlakat 5 hokimlikka boʻlinadi. Ulardan biri Kushonlar (Guyshuan) edi. Yuz yillardan soʻng Kushon hukmdori Kujula Kadfiz (Kiotszyuko) Yuechji qirolligining siyosiy birligini taʼminladi.

Kanishka I (milodiy I asr) va uning avlodlari davrida Kushon podsholigi oʻz taraqqiyotining choʻqqisiga erishadi. Bu davlat Yevrosiyoning oʻsha davrdagi eng buyuk 4 qudratli davlatidan biri (Xitoy, Rim va Parfiya bilan birgalikda) deb tan olinadi. Kushoniylar Markaziy Osiyoda va Xitoyda buddaviylikning tarqalishi hamda Mahayana buddaviyligi, Gandhara va Mathura sanʼat maktabi rivojlanishida katta hissa qoʻshgan.

Kushoniylar asosan yirik oltin tangalar ishlab chiqaruvchi Rim bilan savdo-sotiqni yo‘lga qo‘ygani tufayli farovonlikka erishadi. Yunon, Rim, Eron, Hind buddaviylik ilohlari aks etgan hamda yunon harflari bitilgan bu tangalar Kushon imperiyasida hukm surgan din va sanʼatdagi bagʻrikenglik, sinkretizmning guvohi boʻla oladi. Erondagi Sosoniylar sulolasi hamda shimoliy Hindistondagi mahalliy hokimiyatlar kuchayishi kushonlar hukmronligi susayishiga sabab boʻldi.