Orqaga

545 marta koʻrilgan

1887–1942

Gʻozi Yunus

Jurnalist, hikoyanavis va bir qator xalqona she’rlar muallifi, dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi G’ozi Yunus 1887-yil Toshkent shahar 3-Oxundguzar mahallasida o’ziga to’q oilada tug’ilgan. Otasi Muhammad Yunus, onasi Zulfiya otin maktabdorlik qilgan. G’ozi Yunus otasidan erta yetim qolgach farzandlar ta’limi va tarbiyasi onasining zimmasiga tushgan. U dastlab onasidan xat-savodni o’rgangan. So’ng boshlang’ich maktabda o’qigan. U arab, fors tillarini o’rgangan, zamonasiga mos ilmlarni yaxshi o’rgangan. Hattoki mustamlakachi hukumat tilini ham yaxshi o’zlashtirgan. Maqolada G’ozi Yunus haqida to’liq ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.