Orqaga
G'iyosuddin al-Koshiy haqida ma'lumot.

555 marta koʻrilgan

XIV asr

Gʻiyosiddin al-Koshiy

Jamshid ibn Mas’ud ibn Mahmud G’iyosuddin al-Koshiy (ko’proq G’iyosuddin al-Koshiy ismi bilan mashhur) — XIV–XV asrda riyoziyot, tibbiyot va hunarmandchilik sohalari bo’yicha o’z davrining bilimdonlari bilan shuhrat qozongan Koshonda tug’ilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yahyo ibn al-Hasan al-Koshiy ham o’qimishli bo’lib, 1411-yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola yozgan va Iskandarning (Amir Temurning nabirasi) goroskopini tuzgan. G’iyosuddin Koshiyning tavallud yili noma’lum bo’lib, u yoshlik yillarini Koshonda o’tkazgan hamda riyoziyot va falakiyot ilmiga qiziqib, Yunoniston, Eron va Markaziy Osiyolik mashhur olimlarning asarlarini tarjima qilgan, ularga sharhlar yozgan. .