Orqaga
G'arbiy sya istilosi. Garbiy sya istilosi. Mo'g'ullarning g'arbiy sya istilosi. Tangut imperiyasi istilosi. G'arbiy syaga birinchi bosqin.

570 marta koʻrilgan

XIII asr

Gʻarbiy Syan istilosi

Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismidagi Moʻgʻullar imperiyasi va Tangut boshchiligidagi Gʻarbiy Sya sulolasi oʻrtasidagi bir qator ziddiyatlar oxir oqibat Moʻgʻullarning Gʻarbiy Syaʼni istilo qilishi bilan yakullandi. Moʻgʻullar boshligʻi Chingizxon 1209-yilda keng koʻlamli bosqinni boshlashdan oldin Gʻarbiy Syaga bir necha marta hujum uyushtirgan. Bu nafaqat Chingizxonning birinchi yirik bosqini, balki Xitoyga qilingan birinchi yirik moʻgʻul bosqini ham edi.

G'arbiy sya istilosi. Garbiy sya istilosi. Mo'g'ullarning g'arbiy sya istilosi. Tangut imperiyasi istilosi. G'arbiy syaga birinchi bosqin.

Gʻarbiy Sya sulolasi 1150-yilda / wikipedia.org

Taxminan 10 yil davomida Gʻarbiy Sya moʻgʻullarga vassal sifatida xizmat qilgan va moʻgʻullarning jin sulolasini bosib olishida yordam bergan. Ammo Chingizxon 1219-yilda Xorazmga bostirib kirganida, Gʻarbiy Sya uning imperiyadan ajralib chiqishga va jin hamda song sulolalari bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. Ushbu xiyonatdan gʻazablangan Chingizxon 1225-yilda Gʻarbiy Syaga ikkinchi jazo ekspeditsiyasini yuborgan. Chingizxon butun Gʻarbiy Sya madaniyatini yoʻq qilishni oldiga maqsad qilib qoʻygan edi. Uning harbiy yurishi 1227-yilda poytaxtni qamal qilish va Jin hududiga bostirib kirish bilan yakunlanib, Gʻarbiy Sya shahar va qishloqlarini muntazam ravishda vayron etgan.

Garchi baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u Gʻarbiy Syaga qarshi jangda oʻldirilgan deyilsa-da, qamal tugashiga yaqin, 1227-yil avgustida Chingizxon noaniq sababdan vafot etgan. Uning oʻlimidan soʻng Inchuan moʻgʻullar qoʻliga oʻtgan va shahar aholisining aksariyati qirgʻin qilingan.

Birinchi bosqin (1209–1210-yillar)

Chingizxon 1209-yilda Gʻarbiy Syani zabt etish uchun yurish boshlagan. Sya imperatori Li Ansyuan Jin sulolasidan yordam soʻragan, ammo yangi Jin imperatori Vanyan Yunszi yordam yuborishdan bosh tortgan va shunday degan: “Dushmanlarimiz bir-biriga hujum qilsa, bu bizning foydamiz uchun”.

Chingizxon Vulaxay shahri tashqarisidagi qoʻshinni magʻlubiyatga uchratgandan soʻng shaharni egallab, Sariq daryo boʻylab yuqoriga koʻtarilgan. Soʻngra bir qancha shaharlarni magʻlub etib, Xelanshan togʻlari orqali Xitoy shimolidagi poytaxt Inchuanga boradigan yagona dovonni qoʻriqlab turgan Kiyemen qalʼasiga yetib borgan. 70 000 kishilik va 50 000 ta qoʻshimcha harbiy kuchdan iborat boʻlgan qoʻshin qalʼani bosib olishi juda qiyin kechgan.

Ikki oylik toʻqnashuvdan soʻng moʻgʻullar xiyla bilan chekinayotgan boʻlib, raqiblarini garnizondan olib chiqadi va ularni osonlik bilan yengadi. Keyin Chingizxon poytaxtga yoʻl oladi. Yaxshi mustahkamlangan Inchuanda 150 000 ga yaqin askar bor edi, bu esa moʻgʻul armiyasidan deyarli ikki baravar koʻp edi. Qamal urushini olib borishga qaratilgan birinchi urinishlarda moʻgʻullar shaharni egallab olish uchun yetarli qurol va tajribaga ega boʻlmagan. Ular shaharga may oyida yetib kelgan, ammo oktabrgacha qasrni buzib oʻtishda muvaffaqiyat qozonolmagan.

Chingizxon daryo va uning sugʻorish kanallari tarmogʻini shahar ichiga yoʻnaltirish orqali poytaxtga suv bostirgan va 1210-yil yanvarga kelib Inchuan devorlari buzib tashlangan. Biroq suv toshqini oqibatida, moʻgʻullarning lagerlariga zarar yetgan va ular balandroq yerlarni egallashga majbur boʻlgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, moʻgʻullar Gʻarbiy Sya uchun hali ham xavf tugʻdirgan. Davlat ekinlarining yakson qilingani va Jin tomonidan hech qanday yordam koʻrsatilmagani sababli Li Ansyuan moʻgʻullar hukmronligiga boʻysunishga rozi boʻlgan. U Chingizxonga oʻzining sodiqligini koʻrsatib, Chaka ismli qizini unga turmushga bergan va tuya, lochin, matolar bilan oʻlpon toʻlagan.

Moʻgʻul vassali (1210–1224-yillar)

1210-yilda Gʻarbiy Sya moʻgʻullarga qarshi yordam berishdan bosh tortgani uchun jazo sifatida jin sulolasiga hujum qilgan. Keyingi yili moʻgʻullar Gʻarbiy Syaga qoʻshilgan va jin sulolasiga qarshi 23 yillik yurish boshlagan. Xuddi shu yili Li Ansyuan taxtdan voz kechgan va Shenszung hokimiyatni qoʻlga kiritgandan soʻng vafot etgan. Biroq Gʻarbiy Sya Jinga qarshi kurashda moʻgʻullarga yordam berganiga qaramay, Chingizxon 1219-yili Oʻrta Osiyoda Xorazmiylar sulolasiga qarshi yurish boshlagan va Gʻarbiy Syadan harbiy yordam soʻragan. Ammo imperator bu yurishda qatnashishdan bosh tortadi. Bundan gʻazablangan Chingizxon qasos olishga ont ichgan va Xorazmga bostirib kirish uchun joʻnab ketgan. Gʻarbiy Sya esa jin va song sulolalari bilan moʻgʻullarga qarshi ittifoq tuzishga harakat qilgan.

G'arbiy sya istilosi. Garbiy sya istilosi. Mo'g'ullarning g'arbiy sya istilosi. Tangut imperiyasi istilosi. G'arbiy syaga birinchi bosqin.

Xorazmshohlar davlati (1190–1221) / wikipedia.org

Ikkinchi bosqin (1225–1227-yillar)

1221-yilda Xorazm ustidan gʻalaba qozongan Chingiz Gʻarbiy Syaning xiyonati sababli uni jazolash uchun oʻz qoʻshinlarini tayyorlagan. Shu bilan birga, imperator Shenszun 1223-yilda hokimiyatni tashlab, oʻrniga oʻgʻli Syan szunni qoldirgan. 1225-yilda Chingizxon taxminan 180 000 kishilik qoʻshin bilan hujum qilgan. Moʻgʻullar Gʻarbiy Sya davlatining harbiy okruglaridan birining markazi Xaraxotoni egallagandan soʻng janubga yurish boshlagan.

Gʻarbiy Sya qoʻshinlari qoʻmondoni Asha moʻgʻullar armiyasi tomonga qoʻshin yubormagan, chunki bu mashaqqatli sayohat boʻlib poytaxt Inchuandan 500 kilometrlik choʻl boʻylab gʻarb tomonga piyoda yurishni oʻz ichiga olgan. Shahar uchun kurashadigan qoʻshinlar yoʻqligi sababli moʻgʻullar janglarda osongina gʻolib boʻlishgan va shahar aholisini asir olgan va talon-taroj qilib barcha qurol-yarogʻlarni tortib olgan. Gʻarbiy Syaning qattiq qarshiligidan gʻazablangan Chingizxon yon qishloqlarni ham qirgʻinbarot urushga jalb qilgan va oʻz generallariga shahar va garnizonlarni muntazam ravishda yoʻq qilishni buyurgan.

Xaraxotoni egallaganidan ikki oy oʻtgach, moʻgʻullar u yerdan taxminan 300 kilometr janubga, Edzin-Gol daryosi sharqiga olib boradigan Silyanshan togʻlarigacha boʻlgan nuqtaga yetib kelgan. Bu vaqtda Chingiz oʻz qoʻshinini ikkiga boʻlib, gʻarbiy shaharlarga “gʻamxoʻrlik” qilish uchun qoʻmondon Subedeyni yuborgan. Asosiy kuch esa Gʻarbiy Sya imperiyasining markaziga, sharqqa qarab harakat qilgan. Chingizxon 5 haftadan keyin qulagan Xitoyning sharqiy qismidagi shahar Suchjouni qamal qilgan. 1226-yil avgustda Chingiz issiqdan qochib, Silyanshan togʻlarida hayot kechirayotganida uning qoʻshinlari Gʻarbiy Sya imperiyasining ikkinchi yirik shahri — Uveyga (Gansu) yaqinlashgan.

Uvey aholisi poytaxtdan hech qanday yordam kelmagani sababli taslim boʻlish orqali maʼlum vayronagarchiliklardan qochishga qaror qilgan. Kuzda Chingizxon yana qoʻshinlariga qoʻshilib, Lyanchjouni egallab, Xelanshan choʻlini kesib oʻtgan va noyabrda Inchuandan atigi 30 km uzoqlikdagi Linʼu shahrini qamal qilgan. Bu yerda Sariq daryo jangida boʻlib oʻtgan. Gʻarbiy Sya taxminan 300 000 kishidan iborat qoʻshin bilan qarshi hujumga oʻtgan va moʻgʻullarga ularning barchasini yoʻq qilgan.

Chingizxon 1227-yilda Inchuanga yetib borib shaharni qamal qilgach, Jin sulolasining Gʻarbiy Syaga yordam qoʻshinlarini yuborish xavfining oldini olish va Jin imperiyasini istilo qilishga zamin yaratish uchun ularni bosib olishga tayyorlangan. Chingizxonning oʻgʻli Oʻqtoy va qoʻmondon Chagan boshchiligidagi qoʻshinni janubiy chegaraga yuborgan. Ular Veyxe daryosi hamda janubiy Shensi provinsiyasi boʻylab Jin hududlariga bostirib kirgan. Hatto Jin poytaxti Kayfengga tahdid qilish uchun Sinlin togʻlari ustidan bir qancha qoʻshin yuborgan.

Chingizxonning oʻzi Subedey bilan qoʻshilgan va janubi-gʻarbiy tomonga taxminan 150 km kenglikdagi, hozirgi Ninsya-xuey va Gansu hududlarini kesib oʻtish uchun yoʻl olgan. Subetey fevral va mart oylarida shaharma-shahar ilonizi shakl boʻylab Lyupan togʻ tizmasining shimoliy qismlarini kesib oʻtgan va Taoxe daryosi vodiysi hamda Lanchjou mintaqasini bosib olgan. Bu orada Chingiz Sinshuy daryosi boʻylab janubga yoʻl olgan. Inchuan taxminan 6 oy qamalda qolgan. Chingizning oʻzi boshqa Guyan shahar okrugidagi tumani Lunde qamalini boshqarish bilan band boʻlib, muzokara qilish uchun lashkarboshi Chaganni yuborgan.

Chaganning xabar berishicha, imperator taslim boʻlishga rozilik bildirgan, ammo mos sovgʻalar tayyorlash uchun 1 oy muddat soʻragan. Chingizxon esa taklifni qabul qilgan va imperatorni yashirincha oʻldirishni rejalashtirgan. Tinchlik muzokaralari paytida Chingizxon Guyuan yaqinidagi Lyupan togʻlari atrofida harbiy amaliyotini davom ettirgan. U jin sulolasining tinchlik taklifini rad etgan va Song bilan chegara yaqinida ularni bosib olishga tayyorlangan.

Biroq 1227-yil avgustda Chingizxon noaniq sabab bilan vafot etgan va davom etayotgan yurishlarga xavf solmaslik uchun uning oʻlimi sir tutilgan. 1227-yil sentabrda Gʻarbiy Sya davlatining oʻninchi va oxirgi imperatori Mochju moʻgʻullarga taslim boʻlgan va zudlik bilan qatl etilgan. Keyin moʻgʻullar Inchuanni talon-toroj qilgan, shahar aholisi esa shafqatsizlarcha qirgʻinga duchor boʻlgan. Hattoki Shahar gʻarbidagi imperator qabrlari ham talon-toroj qilingan. Shunday qilib, Gʻarbiy Sya davlatini yoʻq qilish rejasi shu tarzda muvaffaqiyatli yakun topgan.


[1] 1038-yilda paydo boʻlgan, Tangut imperiyasi yoki Minya deb ham ataladigan Gʻarbiy Sya sulolasi



Manbalar: wikipedia.org / britannica.com
Muqova surat: midjourney.com