"Edessa yonidagi jang (260-yil). Gretsiyaning Fors bilan olib borgan urushlari gʻarb an'analarida afsonaviy maqomga ega boʻlib, Yevropaning sharqdan ustun ekanini tasdiqlaydi. Sosoniylar imperiyasining Rim ustidan qozonilgan keyingi gʻalabalari, ayniqsa imperator Valerianning Edessadagi magʻlubiyatli yakuni haqida kam maʼlumot berilgan.
“Xarran hamda Edessa yaqinida biz va Sezar Valerian oʻrtasida yirik jang boʻldi. Biz uni (Valerianni) oʻz qoʻlimiz bilan asirga oldik”, — Erondagi Naqshi Rustam qoyasi ustiga shunday deb oʻyib yozilgandi. Ochiqcha boʻlsa-da, haqli maqtanish!"