2
Ulashish
625 marta koʻrilgan
XX asr
Butunjahon oʻrgimchak toʻri tarixi
XX asrning oxirlarida bu va boshqa veb-saytlar haqida tasavvurga ham ega emas edik. Baʼzi odamlarning uyida kompyuterlar bor edi, lekin odamlar ulardan koʻp ham foydalanmasdi. Ehtimol, ular kompyuterlarni shunchaki oʻyin oʻynash va pochta orqali xat yuborish maqsadida ishlatgan. Ammo 1989-yilda Tim Berners-Li ismli britaniyalik kompyuter olimi bu borada tub burilish qildi. Zamonaviy dunyoning eng buyuk ixtirolaridan biri — World Wide Web dunyoga keldi. Koʻpchilik odamlar internet va veb soʻzlarini xuddi bir xil soʻz kabi qoʻllaydi. Ammo aslida internet veb tarmogʻidan ancha eski va ular ikki xil tushunchadir.
Internet — kompyuterlar va boshqa qurilmalar bir-biri bilan aloqa qilish uchun moʻljallangan keng global tarmoq. 1970-yillarning boshlarida amerikalik internet kashshofi Vint Serf va amerikalik elektr muhandisi Bob Kan Internetni ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham Vint Serf “internet otalaridan biri” sifatida tan olingan. Veb esa Internet orqali kirish mumkin boʻlgan oʻzaro bogʻlangan gipermatnli hujjatlar va multimedia kontentlari tizimi.
Hammasini boshlagan gʻoya
Tim Berners-Li 1989-yilda Shveytsariyadagi CERN (Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti)da ishlaganida internet allaqachon mavjud edi. Ammo oʻsha vaqtdagi internetda hozirgidek veb-sahifalar mavjud emasdi. Elektron pochta ham allaqachon bor edi. Qirolicha Yelizaveta II ning shaxsan oʻzi 1976-yilda mashhur elektron pochta xabarini yuborgan. Mavjud boʻlgan yana bir vosita — gipermatn bir hujjatdan ikkinchisiga oʻtish imkonini bergan, ammo internetsiz ularning hech biri hozirgidek foydali boʻlmagan.
Berners-Lining CERNʼda hafsalasi pir boʻldi, chunki barcha olimlardagi kompyuterlar turli xil edi. Bu kompyuterlarni kabellar bilan ulash mumkin boʻlgan, lekin siz boshqa kompyuterdan biron maʼlumot olishni istasangiz, bu maʼlumot qaysi kompyuterda ekanini aniq bilishingiz va uning oldiga oʻtirib, tizimga kirishingiz kerak edi. Berners-Li esa internet, domen (internet saytlari guruhi) nomlari va gipermatnni bir tizimga birlashtirish yoʻlini taklif qiluvchi hisobot yozdi.
Ushbu “hamma oʻqishi mumkin boʻlgan xayoliy axborot tizimi” keyinchalik World Wide Web deb nomlangan va shuning uchun veb-sayt manzillari “www” bilan boshlanadi. Oʻsha paytda uning gʻoyasi shunchalik mavhum ediki, boshligʻi buni “noaniq, ammo hayajonli” deb atagan. Ikki yil oʻtgach, 1991-yilda CERNʼda dunyodagi birinchi veb-sayt yaratildi: http://info.cern.ch (siz hozir koʻrishingiz mumkin boʻlgan sayt 1992-yilda yaratilgan nusxadir).
Bugungi kundagi internet tarmogʻi
Bugungi kunda veb tarmogʻi internetning faqat bir qismi, ammo u bizni dunyoning qolgan joylari bilan bogʻlaydi. Telefon bir kishini boshqa biri bilan bogʻlanishini, ommaviy-axborot (televizor) esa bir kishining gʻoyalarini oʻz uyida oʻtirib tomosha qilayotgan millionlab odamlarga yetib borishini taʼminlaydi. Biroq ushbu “www” tarmogʻiga internet boʻlgan har bir kishi ulana oladi hatto ular tarmoqdagi maʼlumotlarga hissa qoʻshishi yaʼni oʻzgartirishi, toʻldirishi ham mumkin boʻladi.
Raqamli boʻlinish
Internet ortidagi bosh gʻoya odamlarni bogʻlash va bir-birini tushunishiga yordam berishdir. Ammo internetworldstats.com bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyoda aholisining hammasi internetga ulanish imkoniyatiga ega emas — odamlarning atigi 55 foizi internetdan foydalanadi xolos. Dunyo aholisining yarmi Osiyoda yashaydi, biroq osiyoliklarning faqat yarmigina internetga ulangan. Shimoliy Amerikada 95 foiz, Yevropada esa 85 foiz aholi internetga ega.
Shimoliy Amerika va Yevropa dunyo aholisining atigi 15 foizini tashkil qiladi, ammo birgalikda hisoblaganda ularning 25 foizigina internetdan foydalanadi. Buni Afrika bilan solishtiradigan boʻlsak, u dunyo aholisining 17 foizini tashkil qilib, atigi 36 foizi aholisi internetga ega.
Ushbu raqamli tafovut faqatgina geografik joylashuv jihatdan emas. Agar biz erkak va ayollarning internetga kirishini solishtiradigan boʻlsak, World Wide Web Foundation tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, koʻplab kambagʻal shahar jamoalarida ayollar internetdan kamroq foydalanadi. Soʻrovnomada qatnashgan ayollarning 37 foizi va erkaklarning 59 foizi internet foydalanuvchilari boʻlib chiqqan. Agar siz ushbu maqolani oʻqiyotgan boʻlsangiz, siz internet va veb vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan dunyo yarmining bir qismi hisoblanasiz.
Internet zamonaviy hayotning ajralmas qismi boʻlib, odamlarning muloqot qilish, maʼlumot olish, biznes yuritish va dunyo bilan oʻzaro munosabatini oʻzgartiradi. Uning uzluksiz evolyutsiyasi jamiyatlarning ishlash usulini shakllantiradi, raqamli asrda yangi imkoniyatlar va muammolarni ochib beradi.
Manba: webfoundation.org Muqova surat: midjourney.com