© 2023

Adrianopol jangi
378-yil
• Yevropa

Adrianopol jangi

Adrianopol jangi: rim armiyasi vestgot otliqlari tomonidan magʻlub etildi. Imperator Valent qatl qilindi.

Adrianopoldagi jang (milodiy 378-yil 9-avgust, Adrianopol Adrianopolis deb ham atalgan) hozirgi Turkiyaning Yevropa qismida, Edirne shahrida boʻlib oʻtgan. Uning natijasida imperator Valent boshchiligidagi Rim armiyasi Fritigern boshqargan vestgotlar va ostgotlardan tashkil topgan armiyadan magʻlub boʻladi. Bu varvar otliqlarining Rim piyoda askarlari ustidan qozongan yirik gʻalabasi boʻlib, Rim hududiga nemislar bosqinining jiddiy ibtidosi boʻldi.

Imperator Valentning Adrianopoldagi magʻlubiyati Rimning varvarlar hujumi oldida ojiz ekanini koʻrsatdi. IV asr tarixchisi Ammian Marsellin: “Kann boʻyidagi janglardan soʻng hech qachon bunday xunrezliklar boʻlmagandi”,— deb yozadi. Shunga qaramay Sharqiy Rim imperiyasi omon qoldi va bu halokatning qasosini oldi.